Domani Architects

Megapolis

Yuqori qavatli · 2020 · Navoiy viloyati Zarafshon shaxri

Megapolis

ISKANDER RESIDENCE — zamonaviy arxitektura, premium qulaylik va yashil landshaft konsepsasini uyg'unlashtirgan yangi avlod turar joy majmuasi. Loyiha nafis fasad yechimlari, yumaloq balkon chiziqlari, keng panoramali derazalar va funksional rejalashtirish orqali zamonaviy shahar hayotining barcha talablariga javob beradi. Majmua aholining kundalik hayotini yanada qulay qilish maqsadida loyihalashtirilgan. Birinchi qavatlarda premium butiklar, supermarketlar, restoranlar, kafelar va xizmat ko'rsatish obyektlari joylashgan bo'lib, barcha zarur ehtiyojlarni majmua hududining o'zida qondirish imkonini yaratadi. Ichki hudud avtomobillardan xoli tamoyili asosida tashkil etilgan. Keng yashil landshaft zonalari, favvoralar, zamonaviy bolalar maydonchalari, sport va workout hududlari, veloyo'laklar hamda piyodalar xiyobonlari barcha yoshdagi aholi uchun xavfsiz, sokin va qulay dam olish muhitini ta'minlaydi. Yerosti avtoturargohi, zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari, 24/7 xavfsizlik xizmati, videokuzatuv tizimi va nazorat qilinadigan kirish tizimi har bir xonadon egasining xavfsizligi va xotirjamligini kafolatlaydi. ISKANDER RESIDENCE — bu shunchaki turar joy emas, balki zamonaviy, ekologik va farovon hayot tarzini qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan premium yashash makonidir.

Megapolis - Visual 2
Megapolis - Visual 3
Megapolis - Visual 4
Megapolis - Visual 5
Megapolis - Visual 6
Megapolis - Visual 7
Megapolis - Visual 8
Megapolis - Visual 9
Megapolis - Visual 10
Megapolis - Visual 11