Domani architects byurosi 2019 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritib keladi. Ekologik va funksional arxitekturasining qarashlari va estetikasini targ‘ib qilmoqda. Jamoamizda 25+ nafar turli sohalarga ixtisoslashgan professionallar ishlaydi, bu esa istalgan murakkablikdagi loyihalarni to‘liq siklda yaratish imkonini beradi. Domani architects yirik turar-joy va tijorat binolari, shahar rejalashtirish hamda rekreatsion hududlar rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalar ustida ishlaydi. Biz inson kapitalini rivojlantirish, shahar va hududlarning iqtisodiy, tabiiy hamda turistik salohiyatini ochib berish, bilimlar iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratamiz.

Ijodkor mutaxassislar jamoasi, bizning asosiy maqsadimiz har bir makonni nafislik va ma’no bilan to‘ldirishdir. Biz har bir mijozga individual yondashgan holda, zamonaviy, funksional va tijorat jihatdan samarali loyihalar ishlab chiqamiz. Bizning yechimlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan va o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydi.
To‘liq sikl yondashuvi tufayli biz loyihani dastlabki g‘oyadan boshlab, uning to‘liq hayotga tatbiq etilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarini amalga oshiramiz. Bu esa mijozlarimizga ishonch va qulaylik bag‘ishlaydi.
Biz ishonch va sifatni tanlaymiz!

Obro‘imiz biz uchun eng katta boylik, shu sababli har bir loyihamizga yuksak mas’uliyat bilan yondashamiz. Bizning ijodiy yondashuvimiz va professional ish uslubimiz xalqaro va milliy arxitektura tanlovlarida bir necha bor e’tirof etilgan. Mukofotlarga sazovor bo‘lgan loyihalarimiz sifat va innovatsiyaning yorqin namunasi! Domani Architects – arxitektura san’atini yangi darajaga olib chiqamiz!

Bizning falsafamiz
“Biz O‘zbekiston arxitekturasida innovatsion va funksional dizaynlar bilan boyitish orqali zamonaviy, exclusive va ekologik yechimlar yaratishga intilamiz.”
Funktsional va Minimalistik Arxitektura – Biz binolarni nafaqat estetik, balki amaliy jihatdan ham qulay, samarali va chidamli loyihalashtiramiz.
Ekologik va Energiya Tejamkor Yondashuv – Biz yashil texnologiyalar, ekologik materiallar va passiv uy konsepsiyasiga asoslangan loyihalar ishlab chiqamiz.
Shahar Muhitiga Moslashuv – Toshkent va O‘zbekistonning o‘ziga xos me’moriy an’analarini zamonaviy yondashuv bilan uyg‘unlashtirish.
Har bir loyihaga individual va professional yondashuv.